Shifoxona va statsionar uchun dastur
Yotqizishdan chiqarishgacha: palata va koʻrpa-joy, shifokor tayinlovlari, hamshira posti, hayotiy koʻrsatkichlar, operatsiyalar va yakuniy hisob.
Imkoniyatlar
- Palata, koʻrpa-joy va koʻchirishlar
- Shifokor tayinlovlari va muolaja varaqasi
- Hamshira posti va smenalar
- Hayotiy koʻrsatkichlar jurnali
- Operatsiyalar va xirurgiya bloki
- Statsionar hisob va depozit
- Ambulator boʻlimlar bilan bitta baza
- Rahbar uchun yuklama va tushum hisoboti
Koʻp tarmoqli klinika va shifoxonada registratura, laboratoriya, diagnostika va statsionar bitta bazada ishlaydi: bemor kartasida barcha tashriflar, tahlillar va muolajalar koʻrinadi.
Hamshira posti har bir bemor uchun bugungi muolajalar roʻyxatini koʻradi va bajarilganini belgilaydi.
Yoʻnalishlar
- Laboratoriya dasturi (LIS) — Probirka shtrix-kod bilan belgilanadi, analizator natijani oʻzi yuboradi, laborant tekshiradi va tasdiqlaydi — bemor natijani SMS yoki Telegram orqali oladi.
- MRT va MSKT markazi uchun dastur — Apparat jadvali, yozilish va navbat, tekshiruvdan keyin shablon boʻyicha xulosa, PACS’dagi tasvirlar va bemorga natija havolasi — bir tizimda.
- UZI kabineti uchun dastur — Bemor navbat talon oladi, shifokor tayyor shablon boʻyicha xulosani bir necha daqiqada yozadi va natija bemorga havola bilan boradi.
- Stomatologiya dasturi — Tish formulasi va davolash rejasi bemor kartasida, shifokor jadvali va yozilish, texnik laboratoriya buyurtmalari va bosqichma-bosqich toʻlov — bir joyda.
Koʻp beriladigan savollar
- Filiallar bilan ishlaydimi?
- Ha, filiallar va kabinetlar alohida, hisobotlar umumiy va har biri boʻyicha.
- Xodimlar soni koʻp boʻlsa-chi?
- 12 foydalanuvchilik paketga har bir qoʻshimcha xodim alohida qoʻshiladi; katta tarmoqlar uchun alohida taklif tayyorlaymiz.